YaMMTda ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish berish
Yangi YaMMT ✨ Bepul

YaMMTda ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish berish

31.05.2026 25 ko'rildi 0 izoh Baxtiyor Abidjanov

Maqolada YaMMTda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish berish tushuntiriladi.

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish berish uchun bosh sahifada xodimning F.I.Sh. topiladi. Oʻng tomondagi “!” belgisi ochiladi.

Soʻngra quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

1.Xodim familiyasi - avtomatik tarzda aks etadi.

2.Ism - avtomatik tarzda aks etadi.

3.Otasining ismi - avtomatik tarzda aks etadi.

4.Lavozim - xodimning joriy lavozimi.

5.Buyruq raqami - kelgusida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida buyruq raqami.

6.Buyruq sanasi - kelgusida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida buyruq sanasi.

7.Modda - Mehnat kodeksiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun modda koʻrsatiladi.

8.Qismi - koʻrsatilgan modda qismi tanlanadi.

9.Bandi - koʻrsatilgan qism bandi.

10.Malaka toifasi - xodimning malakasi kiritiladi (mavjud boʻlsa).

11.Ish haqi (soʻm oyiga) - xodimning ish haqi summasi.

12.Boshqa ish qidirish uchun berilgan kun - hafta kuni tanlanadi.

13.Telefon raqami - xodimga xabarnoma yuborish uchun telefon raqami.

14.Elektron pochta manzili - xodimga xabarnoma yuborish uchun pochta manzili (ixtiyoriy).

15.Ogohlantirish xati chiqarilgan sana - ish beruvchi tomonidan xat chiqarilgan sana.

Barcha maʼlumotlar toʻldirilgandan soʻng, mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish xati bilan tanishish hamda chop etish imkoniyati mavjud.

Bosh sahifada ogohlantirish berilgan xodim quyidagi tartibda aks etadi.

Xodimning ogohlantirish xati notoʻgʻri tartibda toʻldirilib saqlanganda, mazkur xatni bekor qilish hamda qaytadan berish imkoni mavjud.

Kerakli boʻlgan xodim topiladi hamda “!” qaytadan bosiladi.

Izohlar (0)
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!
Izoh qoldiring