hisoblab beramiz
Ta'til Kalkulyatori
Ish Haqi Kalkulyatori
PF–181-son Farmon asosida · tashkilot va lavozimni tanlang, tizim daraja, guruh/toifa, razryad, pog'ona va tarif koeffitsientlari bo'yicha hisoblaydi.
Ma'lumot manbasi: PF–181-son Farmonning 1–5-ilovalari. Ushbu hisob-kitob axborot xarakteriga ega — amaldagi aniq miqdorlar tegishli normativ hujjatlar va tashkilot qarorlari asosida belgilanadi.
Ma'lumotnoma
PF–181 kalkulyatorida ishlatilayotgan tarif koeffitsientlari, malaka darajalari, KPI chegaralari, lavozim va tashkilot profillarini bir joyda ko'rish uchun.
Huquqiy asos
Quyidagi qisqa izohlar PF–181-son Farmon va kalkulyatorda qo'llanilgan hisoblash qoidalarini tushuntiradi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnatiga haq to'lash bazaviy lavozim maoshi, ko'p yillik xizmat, malaka darajasi, KPI va hisobot davri yakunlari bo'yicha rag'batlantirish elementlarini qamrab oladi. PF–181 yangi tizimda ko'p yillik xizmatni tarif koeffitsientining 6 pog'onasiga singdiradi.
2027-yil 1-yanvardan lavozim maoshi, malaka darajasi uchun to'lov, KPI bo'yicha har oylik ustama va bonus to'lovlari hisobga olinadi.
Razryadi belgilanmagan tarkibiy bo'linma rahbarining birinchi o'rinbosari uchun tegishli rahbar koeffitsientidan 3% kam, rahbar o'rinbosari uchun 5% kam; professional/tashkiliy vazifa uchun profil koeffitsientidan 5% kam; komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun 5% ko'p qo'llanadi.
A — 25%gacha, B — 20%gacha, C — 15%gacha, D — ustamasiz. Kalkulyator reyting chegarasi ichida amalda belgilangan foizni alohida kiritadi.
Malaka darajasi uchun lavozim maoshiga 2%dan 20%gacha qo'shimcha to'lov ko'zda tutilgan.
JShDS uchun 12% stavka qo'llanadi. Kalkulyatorda ushbu ushlanmani ixtiyoriy belgilash orqali taxminiy qo'lga tegadigan summa ko'rsatiladi.
PF–181 bo'yicha yangi mehnatga haq to'lash tizimi 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. MHTEKM va boshqa bazaviy miqdorlar o'zgarsa, konfiguratsiyadagi qiymat yangilanishi kerak. Natija axborot xarakteriga ega.
Mehnat Shartnomasini Bekor Qilish Kalkulyatori
Moddani bilish shart emas. Holatni tanlang — kalkulyator huquqiy asos, ogohlantirish muddati, taqiqlar, boshqa ish taklifi, nafaqa va yakuniy rasmiylashtirish tartibini chiqaradi. Mehnat kodeksi va Oliy sud Plenumining 26-son qarori asosida · 37 asos.
Qonunchilik 12.09.2026 holatiga ko'ra. Murakkab yoki nizoli holat bo'lsa — HRBLOG.UZ ekspert xizmatiga murojaat qiling: @hr_savolbot.
Asoslar ro'yxati
Kalkulyatordagi barcha 37 ta bekor qilish asosi — yo'nalish bo'yicha guruhlangan: Mehnat kodeksi moddasi, umumiy ogohlantirish muddati va ishdan bo'shatish nafaqasi.
Huquqiy asos
Kalkulyatorda qo'llanilgan asosiy qoidalarning qisqa izohi.
Mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi, muddat tugashi, xodim yoki ish beruvchi tashabbusi, xodimning rad etishi hamda taraflar xohishiga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha bekor qilinadi. Buyruqdagi asos Kodeksdagi ta'rifga aniq muvofiq yoziladi (170-modda).
Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog'liq nizolarni ko'rishda qonunchilikni qo'llash amaliyoti: dalillash yuki, qistov bilan yozilgan ariza, qisqartirishda imtiyozli huquq, intizomiy jazo tartibi va boshqalar.
Muddat voqea sodir bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanadi; oxirgi kun ishlanmaydigan kunga to'g'ri kelsa, keyingi birinchi ish kuni muddat oxiri hisoblanadi. Kalkulyator 2026-yil ishlab chiqarish kalendarini (bayramlar va ko'chirilgan dam olish kunlari) hisobga oladi.
Kasallik, ta'til, davlat/jamoat vazifasi davrida ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi (tugatishdan tashqari). Ogohlantirish yozma, imzo qo'ydirib beriladi va pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin; qisqartirish va tugatishda ish qidirish uchun haftada 1 kun beriladi.
Mazkur ish beruvchidagi stajga bog'liq: 3 yilgacha — 50%, 3–5 yil — 75%, 5–10 yil — 100%, 10–15 yil — 150%, 15 yildan ortiq — 200% (o'rtacha oylik ish haqidan). Aybli asoslarda nafaqa to'lanmaydi. O'rtacha ish haqi 257-modda bo'yicha aniqlanadi.
Bekor qilingan kuni buyruq ko'chirmasi, mehnat daftarchasi (elektron ko'chirma) beriladi va to'liq hisob-kitob qilinadi: olinmagan ish haqi, foydalanilmagan ta'tillar uchun kompensatsiya va boshqa to'lovlar.
Davlat fuqarolik xizmatchilari, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va boshqa maxsus xizmat xodimlari, sudyalar va prokuratura xodimlari uchun maxsus qonunlar ustuvor (Plenum 3-band). Natija axborot xarakteriga ega; murakkab holatlarda @hr_savolbot orqali ekspertga murojaat qiling.
Ogohlantirish!
Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta'tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 (ellik olti) kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Siz kiritgan ma'lumotlarga ko'ra, ta'til muddati ushbu cheklovdan oshib ketdi. Iltimos, ta'til kunlarini qayta ko'rib chiqing va tuzatish kiriting.