Ommaviy Oferta
hrblog.uz veb-sayti xizmatlaridan foydalanish shartlari
Iltimos, hrblog.uz xizmatlaridan foydalanishni boshlashdan oldin ommaviy oferta qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqing. Kurs uchun to'lovni amalga oshirish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.
1.1. Ushbu oferta hrblog.uz veb-sayti egasi (Ijrochi) tomonidan kurslar va HR xizmatlarini taqdim etish shartlarini belgilaydi.
1.2. Tinglovchi kurs uchun to'lovni amalga oshirish orqali ushbu oferta shartlariga roziligini bildiradi.
1.3. Ushbu oferta O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va elektron shaklda yuridik kuchga ega.
2.1. Ijrochi Tinglovchiga HR sohasiga oid kurslar va xizmatlarni taqdim etadi.
2.2. Tinglovchi kurs materiallaridan shaxsiy foydalanish huquqiga ega bo'ladi.
3.1. Kurs onlayn shaklda taqdim etiladi — videodarslar, matnli materiallar va testlardan iborat.
3.2. Kurs narxi: 200 000 so'm.
3.3. Har bir kurs yakunida test topshiriladi.
3.4. Yakuniy test: 25 ta savol, maksimal ball 100, 56 ball va undan yuqori muvaffaqiyatli o'tgan hisoblanadi.
4.1. Yakuniy testdan 56 ball yoki yuqori natija bo'lsa, tizim orqali sertifikat yuklab olish imkoni beriladi.
4.2. Sertifikat elektron shaklda taqdim etiladi.
4.3. Sertifikat davlat namunasi hisoblanmaydi.
5.1. 56 balldan kam natija bo'lsa, qayta to'lov orqali testni topshirish mumkin.
6.1. Ijrochining majburiyatlari: kurs materiallarini taqdim etish, tizim ishlashini ta'minlash, test va sertifikatlashni avtomatlashtirish.
6.2. Tinglovchining majburiyatlari: shaxsiy foydalanish, materiallarni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik, to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish.
7.1. To'lovlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
7.2. To'lov qaytarilmaydi, qonunchilikdagi holatlar bundan mustasno.
8.1. Kurs materiallari Ijrochining intellektual mulki hisoblanadi.
8.2. Materiallarni nusxalash, tarqatish yoki tijorat maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
9.1. Nizolar muzokaralar orqali hal qilinadi.
9.2. Kelishuvga erishilmasa, nizolar qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
10.1. Oferta e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10.2. Ijrochi bir tomonlama o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega; e'lon sayt orqali amalga oshiriladi.