YaMMTda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomani ro‘yxatga olish
Trend My.mehnat.uz (YAMMT) ✨ Bepul

YaMMTda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomani ro‘yxatga olish

22.05.2026 69 ko'rildi 0 izoh Baxtiyor Abidjanov

Maqolada my.mehnat.uz saytida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomani ro'yxatga olish tartibi tushuntiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 yildagi 796-son qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar my.mehnat.uz tizimida ro‘yxatga olinadi.

Shartnomani rasmiylashtirish uchun bosh sahifada ish joyini yaratish funksiyasi qatorida “Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar” menyusi ochiladi.

Tizimda barcha amaldagi (muddati yakunlanmagan) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tizimda rasmiylashtiriladi. Shartnomani rasmiylashtirish uchun “Shartnomani ro‘yxatga olish” tugmasi bosiladi.

So‘ngra tuzilgan shartnomaga asosan ijrochining pasport ma’lumotlari kiritiladi.

Ijrochining ma’lumotlari to‘g‘riligi tekshiriladi hamda tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaning qog‘oz shakli tizimga yuklanadi.

Shundan so‘ng tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaning asosiy ma’lumotlari ro‘yxatga olinadi.

Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng “Imzolash” tugmasi bosiladi. Ro‘yxatga olingan shartnoma “Joriy shartnomalar” bo‘limida aks etadi.

Maqola Yagona milliy mehnat tizimining my.mehnat.uz sahifasidan olindi.

Izohlar (0)
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!
Izoh qoldiring