Yagona milliy mehnat tizimida xodimni ro‘yxatdan o‘tkazish
Maqolada my.mehnat.uz tizimida xodimni ro'yxatdan o'tkazish tartibi batafsil tushuntiriladi.
Ish joyi yaratilganidan so‘ng, hozirgi lavozimi uchun mehnat shartnomasi (yoki qo‘shimcha shartnomani) ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Buning uchun bosh sahifada, tegishli ish joyida “Xodimni rasmiylashtirish” tugmasini bosish kerak.

Xodimning pasport ma’lumotlarini to‘ldirish uchun shakl ochiladi.
Diqqat! Xodimning pasport ma’lumotlarini kiritishda, xodim joriy (oxirgi) biometrik pasportga yoki ID kartaga ega ekanligiga ishonch hosil qilish zarur.
Xatoliklar yuzaga kelganda, pasport ma’lumotlari va JShShIR (shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) to‘g‘ri kiritilganligini tekshirish zarur. Amaldagi biometrik pasport yoki ID karta ma’lumotlari kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. JShShIR 14-ta raqamdan iborat.

Xodimning pasport ma’lumotlari muvaffaqiyatli kiritilgandan so‘ng, xodim haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni rasmiylashtirish
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni mehnat shartnomasini roʻyxatga olish uchun ko‘rsatilgan havola orqali o‘tish kerak.

Keyin, kerakli bo‘lgan maydon tanlanadi.

Xodimning JShShIR raqamini va ID karta (agar mavjud bo‘lsa) ma’lumotlarini kiritish zarur. ID kartaga ega bo‘lmagan xodimning faqatgina JShShIR raqami kiritiladi.

Diqqat! Chet el fuqarosining o‘zini davlatida olingan pasporti tizimda ro‘yxatga olinmaydi.
Maydonlar to‘ldirilgan so‘ng, xodim haqidagi ma’lumotlar kelib chiqadi.

O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari (uchinchi bo‘lim) uchun faqatgina JShShIR raqami kiritiladi.

Diqqat! Yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan chet el fuqarosini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan taqdim qilingan mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnoma ma’lumotlarini ham kiritish kerak.
Agar xorijiy xodim akkreditatsiya kartochkasiga ega bo‘lsa, bu holda ushbu akkreditatsiya kartochkasining ma’lumotlari tizimga kiritiladi. *Akkreditatsiya kartochkasi – shaxsiy akkreditatsiyani tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi. Xuddi shu tartibda boshqa xodimlar ham kiritiladi.
Mehnat shartnomasini ro‘yxatga olish
Xodimlarning ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng, mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oyna ochiladi.
Diqqat! Tizimda xodimning hozirgi lavozimi uchun tuzilgan mehnat shartnomasini (yoki qo‘shimcha kelishuvni) ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.

1.Mehnat shartnomasining raqami-hozirgi lavozim uchun tuzilgan mehnat shartnomasi (yoki qo‘shimcha kelishuv) raqami ko‘rsatiladi.
2.Mehnat shartnomasining tuzilgan sana-hozirgi lavozim uchun tuzilgan mehnat shartnomasi (yoki qo‘shimcha kelishuv) sanasi ko‘rsatiladi.
3.Mehnat shartnomasining amal qilish muddati-agar mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan bo‘lsa, tegishli sana tanlanadi, aks holda «muddatsiz» tanlanadi.
4.Faoliyat turi-ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq tanlanadi.
5.Ish boshlangan sana-hozirgi lavozimdagi ish boshlagan sanasi kiritiladi.
6.Stavka-hozirgi lavozimi bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomasiga (yoki qo‘shimcha kelishuvga) muvofiq ko‘rsatiladi.
7.Buyruq raqami-ushbu mehnat shartnomasiga (qo‘shimcha kelishuvga) tegishli buyruq raqami kiritilishi kerak.
8.Buyruq sanasi-ushbu mehnat shartnomasiga (qo‘shimcha kelishuvga) tegishli buyruq raqami kiritilishi kerak.
Barcha ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng, imzolash va saqlash kerak.

Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligini imzolash uchun tashkilotning tegishli ERI kaliti tanlanadi va mas’ul shaxsning F.I.Sh.i bosiladi.
Diqqat! Mehnat shartnomasi tegishli xar qanday harakatlar (tahrirlash, qo‘shimcha kelishuv tuzish va boshqalar) ERI kaliti yordamida imzolanishi kerak.
Diqqat! Shu bilan xodimning hozirgi lavozimini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yakunlandi. Agar avval (hozirgi lavozimidan oldin) xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimlarda ham, uzluksiz, ishdan bo‘shamagan holda ishlagan bo‘lsa, unda xodimni avvalgi lavozimlarini ham ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Xodimning ushbu tashkilotdagi avvalgi lavozimlarini ro‘yxatga olish jarayoni bilan tanishish uchun https://my.mehnat.uz/h/179 manziliga o‘tish kerak.
Xodimning mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, elektron mehnat daftarchasi bo‘limini ochish mumkin ("Mehnat faoliyati"), ya’ni bosh sahifada xodimni familiyasi ustiga bosiladi yoki "Ko‘rish" qismi orqali kiriladi.

Eslatma. Xodimning mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazilishi xodimning elektron mehnat daftarchasini avtomatik ravishda ochilishini anglatadi. Mehnat shartnomalarni, mehnat shartnomalariga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali xodimning elektron mehnat daftarchasi avtomatik ravishda yuritiladi.

Mehnat shartnomasini tahrirlash
Mehnat shartnomasi ma’lumotlari saqlangandan so‘ng, agar kerak bo‘lsa, "Tahrirlash" tugmasi orqali tuzatishlar kiritish mumkin. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan lavozim nomini toʻgʻrilash imkoni yo‘q.
Lavozim nomini tahrirlash uchun, ro‘yxatga olingan shartnoma uchiriladi (“O‘chirish” tugmasi orqali), vakant holatiga kelgan ish joyi o‘ng tomondagi “qalamcha” orqali o‘zgartiriladi, ya’ni lavozim nomi toʻgʻrilanadi, ma’lumotlar saqlanadi va to‘g‘ri yaratilgan ish joyiga shartnoma qaytadan ro‘yxatga olinadi.
Noto‘g‘ri kiritilgan mehnat shartnomasini o‘chirish uchun "O‘chirish" tugmasidan foydalaniladi.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma
Xodimning mehnat daftarchasidan koʻchirmani yuklab olish uchun "Mehnat daftarchasidan ko‘chirmani yuklab olish" tanlanadi.

Maqola Yagona milliy mehnat tizimining my.mehnat.uz sahifasidan olindi.