Yagona milliy mehnat tizimida mehnat shartnomasini bekor qilish
Maqolada my.mehnat.uz sayt orqali mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi tushuntiriladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilinishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron mehnat daftarcha bo‘limiga o‘tish kerak, ya’ni xodimning familiyasini yoki "Ko‘rish" ni bosish lozim.

Keyin "Mehnat shartnomasining bekor qilish” tugmasidan foydalaniladi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
-Mehnat shartnomasini bekor qilinish sanasi;
-Buyruq raqami - mehnat shartnomasi bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami;
-Buyruq sanasi - mehnat shartnomasi bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq sanasi;
- Mehnat shartnomasini bekor qilish sababi - texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish maqsadida, shartnomani bekor qilish sababini ko‘rsatish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) elektron mehnat daftarchasida aks ettirilmaydi.
Keyin "Mehnat shartnomasining bekor qilish” bosiladi.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin tegishli xodim ish kunining oxiriga qadar bosh sahifada ko‘rinib turadi va ertasi kuni ushbu xodimning ish joyi bo‘sh bo‘ladi. Shu bilan xodimning shartnomasi bekor qilindi, agar kerak bo‘lsa, bo‘sh ish joyini o‘chirish yoki boshqa xodimni mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Maqola Yagona milliy mehnat tizimining my.mehnat.uz sahifasidan olindi.