Yagona milliy mehnat tizimida ta’til qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi ?
Maqolada xodimning ta'tillarini my.mehnat.uz saytida ro'yxatdan o'tkazish tartibi ko'rsatilgan.
Xodimning taʼtilini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kerakli xodim topiladi hamda xodimning sahifasiga oʻtiladi, buning uchun xodim familiyasi ustiga bosiladi.

Soʻngra “Taʼtilni roʻyxatdan oʻtkazish”ni tanlash zarur.

Va taʼtil turi tanlanadi.

Diqqat! Taʼtillarni roʻyxatga olishda, tizimda onlayn kalkulyator joriy etilgan boʻlib, ushbu kalkulyator taʼtilning asosiy maʼlumotlarini avtomatik hisoblash imkoniyatini beradi. Kalkulyator taʼtilning taxminiy kunlari va parametrlarini hisoblashga yordam beradi. Hisob-kitob natijalari tavsiyaviy harakterga ega.
Xodimning mehnat taʼtilini roʻyxatga olish 2 ta yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin.
1.Toʻliq olish - agar xodim mehnat taʼtilidan toʻliq foydalanib, toʻliq taʼtilga chiqayotgan boʻlsa, ushbu variant tanlanadi.
2.Qisman olish - xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra har yilgi mehnat taʼtili qismlarga boʻlinishi mumkin. Bunda ushbu taʼtilning hech boʻlmaganda bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak. Xodim mehnat taʼtilidan qisman foydalanganda, ushbu variant tanlanadi.

Mehnat taʼtilini toʻliq olishni rasmiylashtirish:
1.Xodim toifasi – bunda keltirilgan variantlardan biri tanlanishi zarur: umumiy holatdagi xodimlar (har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 21 kunni tashkil etadi), davlat xizmatchisi (har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 27 kunni tashkil etadi), 18 yoshgacha boʻlgan shaxs yoki nogironligi boʻlgan xodim (30 kun), pedagog xodim (27, 42 va 56 kun)
2.Xodim toifalari haqida batafsil maʼlumot menyusi orqali qaysi turdagi xodimlarga nechchi kun taʼtil berilishi toʻgʻrisida bilib olish mumkin.
3.Eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi - xodim toifasi tanlangandan soʻng avtomatik ravishda hisoblanadi.
4.Ushbu tashkilot/tarmoqdagi ish staji - xodimning mehnat stajiga muvofiq qoʻshimcha berilishi mumkin boʻlgan taʼtil kunlarini tanlash mumkin (Mehnat kodeksining 221-moddasi).
5.Mehnat sharoitlari noqulay ishda ishlagani uchun - qoʻshimcha taʼtil kunlarini kiritish mumkin (Mehnat kodeksining 481-moddasi).
6.Noqulay tabiiy-iqlim sharoitda ishlagani uchun - qoʻshimcha taʼtil kunlarini kiritish mumkin (Mehnat kodeksining 483-moddasi).
7.Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil - qoʻshimcha taʼtil kunlarini kiritish mumkin (Mehnat kodeksining 219-moddasi)
8. Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasimi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsmi)? - Mehnat kodeksining 401-moddasiga koʻra 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Shunga koʻra xodimning 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq farzandi boʻlsa yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolasi boʻlsa ushbu bandni tanlash mumkin.
9.Taʼtil boshlanish sanasi – xodimning taʼtili boshlanish sanasi kiritiladi.
10.Ish xaftasi - xodimning ish haftasi tanlanadi.
11.Ishga chiqish sanasi kelganda avtomatik ishga qaytsinmi? - ushbu band boʻyicha “Ha” tanlanganda, xodimning taʼtili tugaganda tizim orqali taʼtildan qaytarish yozuvi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi, “Yoʻq” tanlangandan taʼtil vaqtida qaytarish ish beruvchi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kalkulyator quyidagi parametrlarni hisoblab beradi:
12.Taʼtil kunlari (soni) - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil kunlari soni.
13.Taʼtilni birinchi va oxirgi kuni - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil maʼlumotlari.
14.Ishga chiqish sanasi - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy ishga chiqish sanasi (Diqqat! Ishga chiqish sanasini hisoblashda, xodimning dam olish yoki bayram kunlaridan keyingi birinchi ish kuni hisobga olingan. Ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud).
15.Haq toʻlanadigan kunlar - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy haq toʻlanadigan kunlar soni.
16.Bayram kunlarini koʻrish - maʼlumot uchun Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxati keltirilgan.

Mehnat taʼtilini qisman olishni rasmiylashtirishda quyidagi maʼlumotlarni kiritish zarur:
1.Taʼtil boshlanish sanasi - xodimning taʼtili boshlanish sanasi kiritiladi.
2.Taʼtil kunlari (soni) - xodimga berilgan taʼtil kunlari soni kiritiladi
3.Ish xaftasi - xodimning ish haftasi tanlanadi.
4.Ishga chiqish sanasi kelganda avtomatik ishga qaytsinmi? - ushbu band boʻyicha “Ha” tanlanganda, xodimning taʼtili tugaganda tizim orqali taʼtildan qaytarish yozuvi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi, “Yoʻq” tanlangandan taʼtil vaqtida qaytarish ish beruvchi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kalkulyator quyidagi parametrlarni hisoblab beradi:
5.Taʼtil kunlari (soni) – kiritilgan taʼtil kunlari.
6.Taʼtilni birinchi va oxirgi kuni - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil maʼlumotlari.
7.Ishga chiqish sanasi - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy ishga chiqish sanasi (Diqqat! Ishga chiqish sanasini hisoblashda, xodimning dam olish yoki bayram kunlaridan keyingi birinchi ish kuni hisobga olingan. Ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud).
8. Bayram kunlarini koʻrish - maʼlumot uchun Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxati keltirilgan.

Xodim taʼtili roʻyxatga olingandan soʻng, mehnat faoliyati boʻlimida quyidagi yozuv aks etadi. Zaruratga koʻra, ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud.

Mehnat taʼtilidan tashqari keyingi taʼtillarni rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish zarur:
1.Taʼtil boshlanish sanasi - xodimning taʼtili boshlanish sanasi kiritiladi.
2.Taʼtil kunlari (soni) - xodimga berilgan taʼtil kunlari soni kiritiladi.
3.Ish xaftasi - xodimning ish haftasi tanlanadi.
4.Ishga chiqish sanasi kelganda avtomatik ishga qaytsinmi? - ushbu band boʻyicha “Ha” tanlanganda, xodimning taʼtili tugaganda tizim orqali taʼtildan qaytarish yozuvi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi, “Yoʻq” tanlangandan taʼtil vaqtida qaytarish ish beruvchi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kalkulyator quyidagi parametrlarni hisoblab beradi:
5.Taʼtil kunlari (soni) - kiritilgan taʼtil kunlari.
6.Taʼtilni birinchi va oxirgi kuni - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil maʼlumotlari.
7.Ishga chiqish sanasi - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy ishga chiqish sanasi (Diqqat! Ishga chiqish sanasini hisoblashda, xodimning dam olish yoki bayram kunlaridan keyingi birinchi ish kuni hisobga olingan. Ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud).
8.Bayram kunlarini koʻrish - maʼlumot uchun Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxati keltirilgan.

Xodim taʼtili roʻyxatga olingandan soʻng, quyidagi amallarni bajarish imkoniyati mavjud:
1.Taʼtildan qaytarish - ushbu funksiyadan xodimni taʼtilidan muddatidan oldin chaqirib olish, taʼtilni muddatidan oldin tugatish, bir taʼtil vaqtiga ikkinchi taʼtil toʻgʻri kelganda, keyingi taʼtilni roʻyxatga olish uchun birinchi roʻyxatga olingan taʼtildan qaytarish hamda taʼtilni rasmiylashtirishda, avtomatik ishga qaytarish imkoniyati tanlanmagan holatlarida foydalanish mumkin.
2.Taʼtilni uzaytirish - ushbu funksiyadan xodimning taʼtilini uzaytirilganda foydalanish mumkin.

Taʼtilni uzaytirishni rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish zarur:
1.Taʼtil oxirgi kuni - xodim taʼtilining oxirgi kuni kiritiladi.
2.Ish haftasi - xodimning ish haftasi tanlanadi.
3.Ishga chiqish sanasi kelganda avtomatik ishga qaytsinmi? – ushbu band boʻyicha “Ha” tanlanganda, xodimning taʼtili tugaganda tizim orqali taʼtildan qaytarish yozuvi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi, “Yoʻq” tanlangandan taʼtil vaqtida qaytarish ish beruvchi tomonidan roʻyxatga oliinadi.
Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kalkulyator quyidagi parametrlarni hisoblab beradi:
4.Taʼtilni birinchi va oxirgi kuni - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil maʼlumotlari.
5.Ishga chiqish sanasi - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy ishga chiqish sanasi (Diqqat! Ishga chiqish sanasini hisoblashda, xodimning dam olish yoki bayram kunlaridan keyingi birinchi ish kuni hisobga olingan. Ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud).
6.Bayram kunlarini koʻrish - maʼlumot uchun Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxati keltirilgan.

Taʼtildan qaytarishni (toʻxtatishni) rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish zarur:
1.Taʼtil oxirgi kuni - xodim taʼtilining oxirgi kuni kiritiladi.
2. Ish haftasi - xodimning ish haftasi tanlanadi.
Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kalkulyator quyidagi parametrlarni hisoblab beradi:
3.Taʼtilni birinchi va oxirgi kuni - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taʼtil maʼlumotlari.
4.Ishga chiqish sanasi - kiritilgan maʼlumotlarga asosan kalkulyator tomonidan hisoblangan taxminiy ishga chiqish sanasi (Diqqat! Ishga chiqish sanasini hisoblashda, xodimning dam olish yoki bayram kunlaridan keyingi birinchi ish kuni hisobga olingan. Ishga chiqish sanasini oʻzgartirish imkoniyati mavjud).

Maqola Yagona milliy mehnat tizimining my.mehnat.uz sahifasidan olindi.