Yagona milliy mehnat tizimida “Boʻlim yaratish”
Yangi YaMMT ✨ Bepul

Yagona milliy mehnat tizimida “Boʻlim yaratish”

15.06.2026 168 ko'rildi 0 izoh

Ushbu maqolada tashkilot bo‘limlari va bo‘linmalarini yaratish, tahrirlash, o‘chirish, shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni tizimga kiritish hamda kadrlar bo‘limini belgilash tartibi amaliy misollar asosida tushuntirilgan.

Tizimda ishni boshlash uchun tashkilotning shtat jadvaliga muvofiq boʻlimlarni yaratib olish zarur hisoblanadi. Buning uchun bosh sahifada “Boʻlimni yaratish” tanlanadi.


Diqqat! Birinchi oʻrinda boʻlim nomi davlat tilida kiritilishi kerak. Agar zaruriyat boʻlsa boʻlim nomi rus tilida ham kiritilishi mumkin. Agar shtat jadvalida boʻlimlar boʻlmasa, hamma ish joylar boʻlimsiz yaratiladi.

Boʻlimni yaratish uchun “Boʻlim nomi” maydoniga boʻlim nomini kiritish kerak, “Asosiy boʻlim” maydoni toʻldirilmaydi. Masalan, “Hisobxona” boʻlimini yaratish kerak.


Avvalo, boʻlim nomi oʻzbek tilida (kiril yoki lotin) boʻlishi shart. Agar zarur boʻlsa, rus tilida xam kiritilishi mumkin.

Yaratilgan boʻlim bosh sahifada shunday koʻrinadi.


Asosiy boʻlim va quyi boʻlimlarni yaratish

Agar tashkilotda asosiy boʻlim va uning tarkibida boʻlinmalar boʻlsa, u holda birinchi oʻrinda asosiy boʻlim yaratilishi kerak va undan keyin quyi boʻlimlar yaratiladi. Asosiy boʻlimni yaratish uchun “Boʻlimni yaratish” tanlanadi.


“Boʻlim nomi” maydoniga asosiy boʻlim nomi kiritiladi (agar kerak boʻlsa, rus tilida ham kiritiladi).


Asosiy boʻlim yaratilgandan keyin, bosh sahifada “Boʻlimni yaratish” tanlanadi. Endi “Asosiy boʻlim” maydonida asosiy boʻlim nomini tanlash mumkin va “Boʻlim nomi” maydonida quyi boʻlinmaning nomini yozish mumkin.


Bosh sahifada yaratilgan asosiy boʻlim va unga qarashli boʻlinma shu tarzda koʻrinadi.

Qolgan asosiy boʻlimlar va ularga boʻysunuvchi boʻlinmalar xam shu tartibda yaratiladi.

Boʻlimni oʻchirish/tahrirlash

Notoʻgʻri yaratilgan boʻlimni oʻchirish/tahrirlash uchun bosh sahifada kerakli boʻlimni tanlab, boʻlim nomini ustiga bosish kerak.


Undan soʻng oʻng tomonda “savatcha”/ “qalamcha” tanlanadi.


Diqqat! Yaratilgan boʻlimni oʻchirishdan avval boʻlim ichida boʻlinmalar, yaratilgan ish joylari mavjud emasligini tekshirish kerak, agar boʻlinmalar, ish joylari yaratilgan boʻlsa boʻlimni oʻchirib boʻlmaydi.

 

Shtatlar jadvali (tashkilot tuzilmasi) oʻzgarishi munosabati bilan boʻlim nomini oʻzgartirish

Shtatlar jadvali oʻzgarishi munosabati bilan, boʻlim nomiga oʻzgartirish kiritish uchun boʻlim nomini yonida joylashgan “qalamcha” tanlanadi (agar boʻlim ichida xodimlar rasmiylashtirilgan boʻlsa ham, boʻlim nomini oʻzgartirish mumkin).

Bunda:

-boʻlimning yangi nomi kiritiladi (birinchi oʻrinda nomi davlat tilida kiritiladi, ixtiyoriy ravishda rus tilida ham kiritilishi mumkin).

-boʻlim nomi oʻzgarishi haqida chiqarilgan buyruq maʼlumotlari kiritiladi.


Boʻlim nomi oʻzgartirilgandan soʻng, avtomat ravishda, ushbu boʻlimda ishlovchi xodimlarning mehnat daftarchalariga boʻlim nomi oʻzgarishi haqida yozuvlar kelib tushadi.

Muhim! Boʻlim nomi oʻzgartirilgandan va maʼlumotlar saqlangandan keyin, boʻlim nomi oʻzgarishini bekor qilish imkoni yoʻq.

Diqqat! Shtatlar jadvali oʻzgarishidan keyin ishga qabul qilingan xodim shartnomasi yoki qoʻshimcha kelishuv, shtatlar jadvali oʻzgarishi natijasida boʻlim nomi oʻzgarishi tizimga kiritilgandan soʻng roʻyxatga olinishi zarur.

Masalan, 2021-yil 1-noyabrda shtatlar jadvali oʻzgardi, monitoring boʻlimi sifatni tekshirish boʻlimiga oʻzgartirildi. Shu yilning 5-noyabr sanasida sifatni tekshirish boʻlimiga yangi xodim qabul qilingan.

Xatoliklarni oldini olish uchun, tizimga maʼlumotlarni xronologik tartibda kiritish zarur. Aynan, tepadagi misol boʻyicha, birinchi oʻrinda boʻlim oʻzgarishi roʻyxatga olinishi kerak, soʻngra ushbu boʻlimga xodim rasmiylashtirilishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, koʻpgina foydalanuvchilar, birinchi oʻrinda, masalan, 2021-yil 5-noyabr sanasida qabul qilingan xodimni rasmiylashtirib, soʻngra ushbu yilning 1-noyabr sanasi bilan boʻlim nomini oʻzgarishini roʻyxatga olishadi va shu bilan xatolikka yoʻl qoʻyiladi.

Kadrlar boʻlimini belgilash

Barcha boʻlimlar yaratilgan soʻng, kadrlar boʻlinmasini ifodalovchi maxsus belgi qoʻyilishini taʼminlash lozim.

1.Bosh sahifada “Tashkilot kabineti” boʻlimiga oʻtish lozim.


2.Soʻngra “Boʻlimlar” bandi ochilishi kerak.


3.Agar tashkilot tuzilmasiga (shtatlar jadvaliga) koʻra tashkilotda alohida xodimlar (kadrlar) bilan ishlash boʻlimi (boshqarmasi) mavjud boʻlsa, unda kerakli boʻlim qatorida maxsus belgini qoʻyish lozim. Agarda bunday boʻlinma mavjud boʻlmasa, belgilashning hojati yoʻq.


4.Belgilangan maʼlumotlarni saqlash lozim.


Izohlar (0)
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!
Izoh qoldiring