Kurs uchun to'lov
Mehnat shartnomasini xodim tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (160-modda)
“Mehnat shartnomasini xodim tashabbusiga ko‘ra bekor qilish” mini-kursi HR mutaxassislari, kadrlar bo‘limi xodimlari hamda mehnat huquqi bilan ishlaydigan barcha mas’ullar uchun mo‘ljallangan amaliy o‘quv dasturidir. Kurs davomida Mehnat kodeksining 160-moddasini to‘g‘ri qo‘llash, 14 kalendar kunlik ogohlantirish muddatini hisoblash, ariza sanasi va qabul qilingan sana o‘rtasidagi farqni aniqlash hamda xodim tashabbusi bilan bekor qilish va taraflar kelishuvi o‘rtasidagi huquqiy tafovutlar real amaliy misollar asosida tushuntiriladi.
Shuningdek, kursda HR amaliyotida eng ko‘p uchraydigan xatolar, sud nizolariga olib keluvchi holatlar va ularning oldini olish usullari ko‘rib chiqiladi. Tinglovchilarga mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha buyruq, ariza va boshqa zarur hujjatlar namunalarini yuklab olish imkoniyati beriladi. Kurs yakunida bilimlar test orqali mustahkamlanadi va muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.
| Kurs nomi | Narxi | Chegirma |
|---|---|---|
| Mehnat shartnomasini xodim tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (160-modda) | 50 000 so'm | 0% |